Sport | 16:44 / 12.06.2015
1486
1 daqiqa o‘qiladi

"Bavariya"da 36 yildan beri ishlab kelgan fizioterapevt iste'foga chiqarildi

"Bavariya" jamoasi futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik masalalari uchun mas'ul bo‘lgan xodimlardan biri Fredi Binder ishdan bo‘shatildi. 36 yildan buyon myunxenliklar jamaosida ishlagan bu mutaxassisning iste'fosi haqida Mattias Zammer Bild nashriga ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, Binder "Bavariya"ning bir necha futbolchilari bilan maxsus shug‘ullangan va tibbiy shtab a'zosi hisoblangan. Tibbiy shtab boshlig‘i Xans Myuller-Volfart may oyida "Bavariya" YeChL chorak finalida "Portu"dan mag‘lub bo‘lganidan keyin bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan kelishmovchilikka duch kelgan hamda jamoani tark etgandi.

"Portu" jamoasidan safarda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchralgach, futbolchilarning jarohatlar tufayli safdan chiqqani buning asosiy sababi sifatida qaralgan va shifokorlar shtabida o‘zgarishlar boshlangandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish