Texnologiya | 19:05 / 12.06.2015
3996
3 daqiqa o‘qiladi

Aloqada nol va minus balansida ham qolish uchun Beeline`ning to‘rtta xizmati

Beeline aloqa operatori oldindan to‘lov tizimidagi abonentlarga nol va minus balansida ham aloqada qolish imkoniyatini beradigan to‘rtta xizmat haqida eslatdi.

«Jonli nol» – Beeline`ning oldindan to‘lov tizimidagi barcha abonentlar foydalanishi mumkin bo‘lgan xizmat bo‘lib, u hisobda mablag‘ bo‘lmagan taqdirda ham barcha mobil raqamlardan qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qilish imkoniyatini beradi.

«Ishonchli to‘lov» xizmati abonentning so‘roviga binoan kelgusi to‘lov hisobiga qarzga pul mablag‘ini taqdim qiladi. Uning qiymati, so‘rovning muvaffaqiyatli bo‘lishi natijasida, hisobdan ishonchli to‘lovning qiymati bilan birgalikda yechiladi. Xizmatning faollashtirishi uchun 064046 bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilish zarur, bunda hisobda minus $0,2 kam bo‘lmagan va $4,5 dan ortiq bo‘lmagan pul mablag‘i qolishi kerak.

«Avtoto‘lov» xizmati, hisobda bir dollardan kam mablag‘ qolganida, uni avtomatik ravishda to‘ldiradi. Xizmatni ulash bepul. Kod *141*11#. Qiymat 3 kunga taqdim qilinib, 4 dollarni tashkil qiladi. Har bir qabul qilingan avtoto‘lov uchun abonent hisobidan avtoto‘lov qiymati bilan birgalikda ushbu xizmatning qiymati yechib olinadi. «Avtoto‘lov» xizmati «Ishonchli to‘lov» xizmati bilan birgalikda taqdim etilmaydi.

«Menga qo‘ng‘iroq qil» xizmati bilan, qaytib qo‘ng‘iroq qilish so‘rovini yuborgan holda, O‘zbekistondagi uyali operatorlarning har qaysi abonenti bilan hisobda mablag‘ bo‘lmagan taqdirda ham ulanish mumkin. Bir kunlik so‘rovlar miqdori cheklanmagan, lekin faqat 2ta so‘rov – bepul. Undan keyin so‘rovga tarifikatsiya haqidagi SMS keladi. Xizmatga ulanish talab etilmaydi. *145* USSD-buyrug‘ini, mamlakat kodini, abonentning telefon raqamini, # terish yetarli. Bunda, abonentning o‘zi «Menga qo‘ng‘iroq qil» so‘rovlarining qabul qilinishini, *145*0# buyrug‘ini tergan holda, taqiqlab qo‘yishi mumkin. Xizmat kompaniya qamrovi zonasining har qanday nuqtasida amal qiladi.

Xizmatlar haqida batafsilroq: www.beeline.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish