Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:14 / 12.06.2015
1670
1 daqiqa o‘qiladi
BMT Bosh kotibi Turkmanistonga tashrif buyuradi
12-14 iyun kunlari BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Turkmanistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. Pan Gi Mun safar davomida Turkmaniston prezidenti Qurbono‘g‘li Berdimuxamedov va mamlakatning boshqa rasmiy shaxslari bilan uchrashadi.
BMT yangiliklar markazining xabar berishicha, Pan Gi Mun Gumanitar fanlar va rivojlanish xalqaro universiteti talabalari oldida nutq so‘zlaydi hamda Ashxobodda 8 yil muqaddam ochilgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markaziga tashrif buyuradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish