Jahon | 16:54 / 12.06.2015
2800
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya rahbari Gretsiyaning qarzdorligiga munosabat bildirdi

Oilaviy korxonalar jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan konferensiyadagi chiqishi chog‘ida Germaniya katsleri Angela Merkel tadbirning Yevropa markaziy bankidan tashrif buyurgan ishtirokchilarini tanqiddan himoya qildi. Ularning Gretsiyaga nisbatan siyosat janubiy Yevropa mamlakatlari uchun noxush belgi bo‘lishi mumkin ekanligi haqidagi so‘zlari ayrim ma'ruzachilarning noroziligiga sabab bo‘ldi.
“AQShning, Yaponiyaning xalqaro monetar siyosatiga qarang, ular yillar davomida bitta kurs bo‘yicha yuradi, bunday siyosat muvaffaqiyat keltiradi”, – dedi Germaniya yetakchisi.
Merkel xonimning fikricha, bir qator davlatlar, jumladan, Ispaniya, Portugaliya, Irlandiya o‘tkazgan islohotlar YeIga jiddiy ziyon keltirdi, endilikda markaziy bankdan Yevrozonada muvozanatni saqlab qolishday mushkul vazifa turibdi.
“Gretsiyaga kelsak, Yevropa ularga proporsional miqdorda yordam berishi lozim. Iroda bor joyda yechim topiladi, ammo iroda har tomonlama namoyon etib berilishi kerak”, – qo‘shimcha qildi kansler.