Jamiyat | 08:06 / 12.06.2015
3000
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada 92 foiz chaqiriluvchi chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha harbiy komissiariyatlarga kelmagan

Latviya Mudofaa vazirligida harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborilgan chaqiruv qog‘ozlariga faqatgina 8 foizgina harbiy xizmatga chaqiriluvchilar javob berishgani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Vazirlikda chaqiruvga kelishdan bosh tortganlarni qidirish bilan politsiya shug‘ullanishi ma'lum qilindi.

“Chaqiruvga javob bermaganlarga yaqinlari va ish beruvchilari orqali chaqiruv qog‘ozi yuboriladi, shuningdek, ularni qidirishga politsiya va boshqa davlatlar boshqarmalari, diplomatik vakolatxonalari va konsullik xizmatlari jalb qilinishi mumkin”, deb aytdi Mudofaa vazirligi vakili Asta Galdikayte.

Qayd etilishicha, Latviyada harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagilar 36 ming kishini tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish