Jahon | 22:42 / 12.06.2015
3285
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyada IShIDga qarshi o‘tkazilgan namoyishda 7 nafar kishi o‘ldirildi

Liviyaning Derna shahrida o‘tkazilgan IShIDga qarshi namoyishda 7 nafar kishi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Namoyishchilar radikallarning qarorgohi tomon marsh qilishayotgan paytda to‘satdan qurollangan shaxslar namoyishchilarga qarata o‘q uzgan. 7 nafar o‘ldirilgan kishidan tashqari, yana 30 kishi yaralandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish