12:01 / 12.06.2015
1800

Malaysia Airlines samolyot yong‘in chiqqani bois Melburnda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyoti Avstraliyaning Melburn shahridagi aeroportlardan biriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Aytilishicha, dvigatellarning o‘t olishi bunga sabab bo‘lgan.
“Favqulodda vaziyat haqida axborot berildi, pilot kabinetida dvigateldagi yong‘in datchigi ishlab ketdi. Samolyot yoqilg‘ini to‘kib, aeroportga qaytdi”, – xabar qildi Reuters muxbiriga Airservices Australia xodimi.
Melburndan Kuala-Lumpurga ketayotgan layner bortida 300 yo‘lovchi bo‘lgan. Favqulodda qo‘nish chog‘ida ulardan hech kimga zarar yetmagan.

Top