O‘zbekiston | 16:37 / 12.06.2015
2943
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dorilarga qo‘yiladigan ustama narxni pasaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda hukumatning dori vositalariga va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustama narxni pasaytirishga qaratilgan qarori ishlab chiqilmoqda.
Sog‘liqni saqlash muassasalari va dorixona tarmoqlari orqali realizatsiya qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarining yagona standarti 1999 yilning fevralidan kuchga kirgan. Bugung kunda bunday mahsulotlar ham ulgurji, ham chakan tarmoqlar orqali kelishilgan narxlar asosida realizatsiya qilinadi. Orada qancha vositachi bo‘lishidan qat'iy nazar, ularga aniq belgilangan miqdorda ustama haqlari qo‘yiladi: ulgurji savdoda 20 foizgacha, chakana savdoda 25 foizgacha.
2015 yilning 1 avgustidan dori vositalariga va tibbiyot buyumlariga qo‘yiladigan ustama narxlarni aniqlashning yagona tartibi kuchga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Oradagi vositachilarning umumiy miqdoridan qat'iy nazar, bunday turdagi mahsulotlar ulgurji savdoda 10 foizgacha, chakana savdoda esa 20 foizgacha ustama bilan sotiladi.
“Farmatsevtika faoliyatini hamda dorivor vositalar va tibbiyot buyumlarining narxlarini shakllantirishni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror matnida bunday foizlar qanday narxlar ustidan qo‘yilishi aniq belgilab berilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish