O‘zbekiston | 22:04 / 12.06.2015
2526
3 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun: BMT O‘zbekistonga ekologik muammolarni yengishda va jamiyatni yanada demokratlashtirishda yordam beradi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston tomonidan erishilgan Mingyillik maqsadlariga yuqori baho berdi.

“O‘zbekiston Mingyillik maqsadlari: nochorlikni va onalar o‘limini qisqartirish, boshlang‘ich ta'limga ega bo‘lish va gender tengligiga erishish bo‘yicha sezilarli taraqqiyotga erishdi”, deb aytdi Pan Gi Mun Toshkentda 12 iyun kuni jurnalistlarga bergan intervyusida.

Pan Gi Mun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuvi davomida tinchlikni o‘rnatish va saqlash, rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishni ta'minlash masalalarini o‘z ichiga oluvchi BMT kun tartibidagi global muammolarning keng doirasini muhokama qildi.

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonning mintaqaviy va global masalalarni hal qilishda qo‘shayotgan hissasini alohida ta'kidlab, O‘zbekistonning Afg‘onistonda barqarorlik va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Pan Gi Min O‘zbekistonning Markaziy Osiyoni yadroviy quroldan xoli hudud deb e'lon qilish bo‘yicha kelishuvni imzolash tashabbusi bilan chiqqanini ham ta'kidlab o‘tdi.

Pan Gi Mun Orol dengizi qurishi oqibatida O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi boshidan o‘tkazayotgan ekologik falokatga urg‘u berib o‘tdi.

Pan Gi Mun BMT bu ekologik falokatning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston olib borayotgan tashabbuslarni ta'kidlab o‘tdi hamda bu muammoni hal qilish uchun birgalikdagi harakatlar hamda zaxiralarga ko‘proq e'tibor berish kerakligiga e'tiborni qaratdi.

Pan Gi Mun Markaziy Osiyoga tahdid solayotgan muammolar qatorida suv va energetik zaxiralardan foydalanish, giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirish va terrorchilikning tarqalishi muammolarini aytdi.

BMT Bosh kotibi inson huquqlarini himoya qilmasdan tinchlik va rivojlanish bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi hamda O‘zbekiston tomonidan bu yo‘nalishda bir qator muhim qonunlar qabul qilinganini va endi ularni amaliyotga tatbiq qilinishini ta'minlash kerakligini aytdi.

BMT Bosh kotibi Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi O‘zbekistonga inson fundamental erkinlari va huquqlarini ilgari surish va himoya qilish, jamoatchilikning ushbu jarayonda ishtirok etish imkoniyatini ta'minlashda yordam berishga tayyorligini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish