14:51 / 12.06.2015
2137

Qozog‘istonliklar Nazarboyevdan maktabda bepul ovqatlanishni qayta tiklashni iltimos qildi

Qozog‘istonliklar prezident Nursulton Nazarboyev nomiga petitsiya tayyorlab, unda maktablarda bepul ovqatlanishni tiklashni iltimos qilishdi.

“Hukumatning respublikadagi millionlagan o‘quvchilarni bepul ovqatlanishdan mahrum qilish haqidagi qarori fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Davlat byudjyeti mablag‘larini yosh avlod manfaatlari hisobidan tejashga bo‘lgan harakat siyosiy jihatdan uzoqni ko‘zlamagan hamda tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lmagan serharajat tadbirlar o‘tkazilayotgan paytda juda aqlsiz qaror bo‘lib ko‘rinmoqda. Ayniqsa bunday qarorning muqaddas Ramazon oyi arafasida e'lon qilinishi adolatdan bo‘lmadi. Sizdan hukumat tomonidan yo‘l qo‘yilgan bu achinarli xatoni tuzatishingizni va shoshilinch qabul qilingan ushbu qarorni bekor qilishingizni iltimos qilamiz. U faqatgina millionlab oilalarning byudjyetiga emas, balki hukumatning mavqeiga ham zarar keltiradi”, – deyiladi petitsiya matnida.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentabrdan Qozog‘istonda kichik sinflar maktablari o‘quvchilari uchun tashkil etilgan bepul ovqatlanish bekor qilindi. Ilgari ovqatlarning sifati ustidan ko‘p bora shikoyat qilingan edi. Shuningdek, ijarachilar ijara narxining 900 foizga oshganidan o‘z noroziliklarini bildirgan edi.

Top