Jahon | 16:13 / 12.06.2015
2235
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili Ukrainada yana bir mas'ul lavozimni egallaydi

Odessa viloyati gubernatori, sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili Ukrainada yaqinda tashkil etilajak davlat korxonalarini isloh qilish nazorat kengashiga rahbarlik qiladi. Bu haqda RIA Novosti muxbiriga iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Ayvaras Abramavichus ma'lum qildi.
“Biz islohotlar nazorat kengashini yaratmoqdamiz. Unda ulkan tajribaga ega ekspertlar guruhi ishlaydi. Ular Ukrainani biladi, mamlakat oldida turgan vazifalarni yaxshi anglaydi, islohotlar muvaffaqiyati uchun ishlashga tayyor”, – dedi vazir.
Kengash davlat korxonalarini isloh qilish jarayonining samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Yangi organ, shuningdek, boshqaruv strukturasini isloh qilishni, xususiylashtirish va audit ishlari amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.
Kengash ishiga xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinadi. Ta'kidlanishicha, Saakashvili kengash faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashga birinchi darajali e'tibor qaratadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish