Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:06 / 12.06.2015
3394
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni fuqarosi Yaman tomondan masjid o‘qqa tutilganda halok bo‘ldi
Saudiya Arabistonining bir nafar fuqarosi Yaman bilan chegara yaqinidagi masjidning Yaman tomondan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi va yana bir fuqarosi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters.
Saudiyalik harbiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, otishmani xusiychilar olib borgan.
O‘qqa tutish namozxonlar masjiddan chiqib ketayotgan paytlarida amalga oshirilgan. Masjid binosi ham zarar ko‘rgan.