Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:35 / 12.06.2015
3413
1 daqiqa o‘qiladi
Spiegel: Putin Ukrainadagi inqiroz mavzusida Gelmut Kolga bir nechta maktub yo‘lladi
Spiegel nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol Ukrainadagi inqiroz mavzusida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan bir nechta maktub olgan.
Spiegel’ning xabar berishicha, Putin bu maktublarda Gelmut Kol hozirgi vaziyatda uning tutgan pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lgan.
Kol devonxonasida bu axborotga izoh berilmadi.
Avvalroq Germaniya sobiq kansleri G‘arb davlatlarining Rossiyaga qarshi harakatlarini tanqid qilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish