07:01 / 13.06.2015
1359

Aleksis Sanches "Arsenal" muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

"Arsenal" muxlislari maxsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi o‘yinchini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etishdi.

So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, jamoaning chililik futbolchisi Aleksis Sanches katta ustunlik bilan birinchi bo‘ldi, u 66,4 foiz ovoz olgan. Bu borada ikkinchi o‘rinni Fransis Koklen, uchinchi o‘rinni Santi Kasorla egalladi.

Ma'lumot uchun, yakunlangan mavsumda Aleksis londonliklar jamoasi safida 52ta o‘yinda ishtirok etib, 25 gol muallifiga aylandi.

Top