23:03 / 13.06.2015
2369

Anjyelina Joli Afrika davlatlarini ayollar ustidan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga chaqirdi

BMT ezgu niyat vakili, gollivudlik kinoyulduz Anjyelina Joli Yoxannesburgga tashrifi chog‘ida Afrika davlatlari yetakchilarini ayollar ustidan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga chaqirdi.

“Ayollarga qarshi jinoyatlar uchun deyarli jazolanmaslik, ayniqsa to‘qnashuvlar hududlarida, qurollangan guruhlar borgan sari ko‘proq zo‘ravonlikdan qurol sifatida foydalanayotganini anglatadi”, deb aytdi Joli Afrika ittifoqi sammiti arafasida.

Jolining aytishicha, 50 mln odam urushlar tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqdalar va ulardan yarmini ayollar va bolalar tashkil etadi. “Zo‘ravonlik butun dunyoda mavjud, biroq Afrikadagi ayollar eng ko‘p jabr ko‘rmoqdalar”, deb aytmoqda Joli.

“Ayollar va bolalar borgan sari zo‘ravonliklar qurboniga aylanmoqdalar, maktab o‘quvchilari zo‘rlanmoqda va jinsiy qullarga aylantirilmoqda. Turli davlatlar va butun dunyo qanchadan-qancha iste'dodlar avlodlarini yo‘qotmoqda.
Bularning barchasi bizning dunyodagi to‘qnashuvlarning oldini ololmasligimiz va to‘xtata olmasligimiz bilan bevosita bog‘liqdir, bu odamzodning aqlbovar qilmas darajada aziyat chekishiga olib kelmoqda”, deb ta'kidlamoqda Joli.

Joli Yoxannesburgga tashrifi davomida zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollar va bu jinoyatga qarshi kurash faollari bilan uchrashdi. Joli, shuningdek, xayriya tadbirlarida ishtirok etishi kutilmoqda.

Top