Jahon | 23:29 / 13.06.2015
3477
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda Ramazon oyida oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlar muzlatib qo‘yiladi

BAA hukumati musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi paytida oziq-ovqat mahsulotlari uchun narxlarni muzlatib qo‘yadi, deb xabar bermoqda BAAning The National nashri.

Narx-navoni oshirishga taqiqlov o‘z ichiga 3500 turdagi mahsulotni qamrab oladi. BAA iqtisodiyot vazirligi guruch, un, yog‘, sut va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchilari bilan ular Ramazon oyida talab oshadigan bu mahsulotlarga yetarlicha darajada ega ekanliklariga ishonch hosil qilish uchun uchrashuvlar o‘tkazdi.

Savdo nuqtalarida narxlar tekshirib boriladi. Bundan tashqari, birinchi navbatdagi 4700 mahsulotga 70 foizga chegirmalar joriy qilinadi.

BAAda islom dinida muqaddas hisoblangan Ramazon oyida an'anaviy tarzda yirik xayriya loyihalari, jumladan, bepul saharlik va iftorliklar, xayr-ehsonlar yig‘ish va asosiy iste'molchilik mahsulotlariga narxlarning tushirilishi tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish