Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:41 / 13.06.2015
1551
1 daqiqa o‘qiladi
"Manchester Yunayted" De Xea ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga Oblakni sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati Madridnnig "Atletiko" jamoasi darvozaboni Yan Oblakka jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.
AS nashri ma'lumotiga ko‘ra, 22 yoshli posbon “MYu”da jamoani tark etishi oydinlashib borayotgan David De Xeaning davomchisi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" o‘tgan yozda Oblakni “Benfika”dan 16 million yevro evaziga sotib olgandi.
U yakunlangan mavsumda "Atletiko" safida 21 o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 18ta gol olib chiqqan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish