14:04 / 13.06.2015
2601

Messenjerlarning ommalashuvi Rossiya aloqa operatorlariga 20 mlrd rubl ziyon keltirdi

2014 yilda Rossiya aloqa operatorlari mobil messenjer hamda VoIP-servislarning ommalashuvi sababli 15-20 mlrd rubl daromaddan mahrum bo‘lishdi.

Rossiyada katta farq bilan Skype peshqadamlik qilmoqda. Undan 70 foiz abonentlar foydalanadi. Keyingi o‘rinlarni Mail.ru Group ("Mail.ru Agent", "Odnoklassniki", ICQ va "VKontakte"), WhatsApp, shuningdek, QIP, Facebook hamda Viber messenjerlari egallagan.

J'son & Partners Consulting kompaniyasi tahlilchisi Vitaliy Soloninning ta'kidlashicha, Rossiyadagi holat tez-tez o‘zgarib turadi.

“WhatsApp va Viber allaqachon Skype bilan tengma-teng raqobat qilmoqda. Hattoki, ba'zi yirik shaharlarda undan o‘zib ketgan”, - deydi mutaxassis.

Bu kabi servislarning rivojlanishi Rossiya aloqa operatorlarining daromadlariga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bundan himoyalanishning yagona usuli ushbu servislarni bloklash hisoblanadi. Biroq hech bir operator bunday choralarni amalga oshirishga kirishmagan. 

Top