15:59 / 13.06.2015
2462

Namangan shahridagi tennis turnirida Nigina Abduraimova bosh mukofotni qo‘lga kiritdi

Namangan shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnir o‘z yakuniga yetadi. Musobaqaning yakkalik bahsida final uchrashuvi o‘tkazildi. Bosh mukofot uchun bahsda o‘zbekistonlik tennischi qiz g‘alaba qozondi.

Turnirda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Nigina Abduraimova hal qiluvchi final bellashuvida rossiyalik Anastasiya Kamardinaga qarshi kortga chiqdi va 7:6(3), 6:2 hisobida zafar quchdi. Bu bilan Abduraimova bosh mukofot sohibasiga aylandi.

Top