O‘zbekiston | 22:47 / 13.06.2015
3468
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zpaxtasanoat» gidravlik presslar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni ishga tushirmoqda

O‘zbekistonda paxtachilik sanoati uchun gidravlik presslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani yaratish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

Sobiq traktor zavodida qurilgan, mahsulotni xalqaro talablarga muvofiq holda bog‘lashga imkon beradigan gidravlik presslar ishlab chiqaruvchi korxonaning ochilishi 17 iyunda bo‘lib o‘tadi.

“O‘zpaxtasanoat” uyushmasi investitsion loyihalarni jalb etish va amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Rinat Gulyayevning Uzbekistan Today muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, loyiha Xitoy paxtachilik uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirildi, investitsiyalarning umumiy summasi 3,5 mln dollarni tashkil qildi.

“Zavod yiliga 20 ta gidravlik press ishlab chiqaradi. Bu mamlakatimizdagi paxta tozalash zavodlarini bosqichma-bosqich qayta jihozlash uchun yetarli bo‘ladi. Bu zavodlarning har birida ikkitadan press – biri tola, uchun ikkinchisi lint uchun ishlatiladi. Yangi zavodning mahsuloti Ukrainaning “Dnepropress” zavodining eskirib qolgan uskunalarining o‘rnini bosishi kerak. 2020 yilgacha har yili eski presslarni yangisiga almashtirish bilan 10 ta zavodni qisman modernizatsiyalash rejalashtirilgan”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Gulyayev.