Jahon | 07:43 / 13.06.2015
2522
2 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Mun Qirg‘izistonni elatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga erishishiga chaqirdi

Bishkekda BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning ikki tomonida yashovchi elatlar orasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha BMTning yangi tashabbusini e'lon qildi, deb xabar bermoqda BMT matbuot xizmati.

BMT Bosh kotibi 2010 yilda elatlaro zo‘ravonlik yuzaga kelgan O‘sh shahriga tashrifi davomida o‘sha mash'um kunlardagi fojiali voqealarni to‘liq va adolatli tergov qilishga chaqirdi va elatlararo totuvlikka erishishni qat'iy maslahat berdi. U yerda fuqarolik jamiyati va mahalliy hokimiyat vakillari bilan suhbatlashdi.

Pan Gi Mun Qirg‘izistondagi tashrifi davomida rivojlanish va parlamentarizm bo‘yicha xalqaro anjumanda nutq so‘zladi. Pan Gi Mun Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, bosh vazir Temir Sariyev va parlament raisi Asilbek Jonbekov bilan uchrashdi.

Pan Gi Mun Qirg‘iziston kambag‘allik bilan kurash, qizlarning ta'lim olishga muvaffaq bo‘lishlari va atrof-muhitni muhofaza qilishda yaxshilanishlarga erishishda taraqqiyotga erishganini ta'kidlab o‘tdi. U Qirg‘iziston o‘zida BMTning Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi mintaqaviy bo‘limini qabul qilgani uchun hukumatga minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish