Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Qazaqstan temir joly" "O‘zbekiston temir yo‘llari"ga 30 foizlik chegirma taqdim etadi
«Qazaqstan temir joly» MK» AJ 2015 yil 26 maydan 31 avgustgacha Qozog‘iston Respublikasi hududidan tranzit bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ stansiyalaridan jo‘natiladigan, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ga qarashli refrijyerator seksiyalar va avtonom refrijyerator vagonlarida tashiladigan, meva-sabzavotlar va poliz mahsulotlariga (GNG 0701-0709, 0803-0810, 12129100) jumladan, tashish to‘lovini «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» UK bilan shartnomaga ega bo‘lgan "KTZ Express" orqali amalga oshiriladigan tashuvlarga Qozog‘iston Respublikasi hududi uchun tarif stavkalariga 30 foiz (ekspeditorlik tashkilotlari to‘lovlarini hisobga olinmagan holda) miqdorida chegirma taqdim etdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ma'lum qilgan.