O‘zbekiston | 17:57 / 13.06.2015
3452
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ta'lim oluvchi talabalar miqdori bo‘yicha o‘zbekistonliklar birinchilikni egallashi qayd etildi

O‘zbekiston vakillari Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladigan MDH davlatlaridan kelgan talabalar orasida eng ko‘p miqdorni tashkil etadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma'lum qilgan.

"Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi izchil aloqalardan biri ta'lim sohasida kuzatiladi. Rossiya Federatsiyasi Fan va ta'lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida 2005 yilning 12 avgustidan maxsus hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator Oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etildi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi iqtisodiy akademiya, Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti shular jumlasidan.

Har yili Rossiyadagi oliy ta'lim dargohlarida xorijliklar uchun kvotalar ajratiladi va MDH davlatlari orasida bu o‘rinlarning eng ko‘p qismini O‘zbekiston fuqarolari egallashadi. 2014 yili O‘zbekiston maktab va kollejlarining 1080dan ortiq bitiruvchilari Rossiya oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi, ularning 305 nafari Rossiya hukumati tomonidan, xususan, O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratilgan ta'lim kvotasi asosida o‘qishga kirgan", deb qayd etadi Rossiya elchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish