Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada ichida 4 kishi bo‘lgan avtomobil portlab ketdi
Shvetsiyaning Gyoteborg shahridagi yo‘llardan birida avtomobil portlab ketdi. Natijada avtomobil ichida bo‘lgan 4 yo‘lovchi halok bo‘lgan. Bu haqda Local nashri xabar berdi.
Yo‘lovchilarning biri hali maktab yoshiga yetmagan qizaloq bo‘lgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, bu mashinadagilar shahar tashqarisiga baliq ovi uchun ketayotgan bo‘lishgan va mashina chorrahada to‘xtab turganida portlab ketgan.
Qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari aytishicha, mashinaga oila boshlig‘ining dushmanlari bomba o‘rnatgan bo‘lishi mumkin.
Ayni vaqtda politsiya xodimlari hodisa sabablarini o‘rganishmoqda.