Jahon | 13:32 / 13.06.2015
2609
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonning ilk sun'iy yo‘ldoshi milliy telekanallarni uzatishni boshladi

Turkmanistonning «TürkmenÄlem 52°E» sun'iy yo‘ldoshi mamlakat milliy televideniyesi va radisosi dasturlarini uzatishni boshladi. Bu haqda "Turkmenistan: zolotoy vek" elektron gazetasi xabar berdi.

Endilikda Turkmaniston milliy telekanallari deyarli butun Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoning katta qismiga uzatiladi. Ushbu hududlarda 1,2 milliard kishi yashashi aytilgan.

Sun'iy yo‘ldosh orqali «Altin asir: Turkmenistan», «Yashlik», «Miras», «Turkmenistan», «Ashxabad», «Turkmen avazi» va «Turkmenistan sport» telekanallari, shuningdek to‘rtta radiokanal tarqatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning ilk sun'iy yo‘ldoshi aprel oyi oxirida AQShning Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish