20:44 / 14.06.2015
6676

Futbol bo‘yicha Estoniya kubogi uchrashuvi 36:0 hisobi bilan yakunlandi

Futbol bo‘yicha Estoniya kubogining 1/64 bosqichida Tallinning “Infonet” jamoasi bilan 600 kishilik aholiga ega Virtsu qishlog‘ining “Virtsu” jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv tallinliklar foydasiga 36:0 hisobida yakunlandi. “Infonet” o‘yinchilari raqib darvozasiga 1-taymda 13 ta gol, 2-taymda esa 23 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan ikkita gol 90-daqiqadan keyin qo‘shimcha vaqtda kiritilgan.
“Darvozabondan boshqa hamma o‘yinchilar kamida bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi”, deb aytib o‘tdi g‘olib jamoa matbuot xizmati.

Ma'lumot uchun, eng yirik futbol hisobi 2002 yilda Madagaskarning AS Adema va Stade Olympique l’Emyrne jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda qayd qilingan. Bu uchrashuvda AS Adema jamoasi 149:0 hisobida g‘alaba qozongan. Biroq Estoniyadagi uchrashuvdan farqli o‘laroq, barcha to‘plarni mag‘lub jamoa o‘yinchilarining o‘zlari o‘z darvozalariga kiritganlar. Bunga SOE murabbiyining o‘yin hakami bilan bahslashib qolgani sabab bo‘lgan.

Top