Jahon | 09:38 / 14.06.2015
2259
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS koronavirusi bilan kasallanganlar soni 145 nafarga yetdi

Janubiy Koreyada MERS koronavirusi bilan kasallanishning yana 7 ta yangi holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Renxap agentligi.

Mamlakatda ushbu virusdan kasallanganlarning umumiy soni 145 nafarga yetdi. Virusdan o‘lganlar 14 kishini tashkil qilmoqda.

3,8 mingga yaqin kishi kasallanish xavfi tufayli karantin tartibiga rioya qilish bo‘yicha tavsiya oldilar.

Koronavirus bolalar va o‘smirlar orasida tarqalishi xavfi sababli 2,2 mingga yaqin ta'lim muassasasi yopib qo‘yildi.

Avvalroq Bratislavada Janubiy Koreya fuqarosi MERS koronavirusiga gumon qilinib, shifoxonaga yotqazilganligi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish