Jahon | 20:38 / 14.06.2015
2331
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS koronavirusi qurbonlari soni 15 kishiga yetdi

Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi (MERS) keltirib chiqargan asoratlardan yana bir bemor vafot etdi. Shu tariqa bu virusdan halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi. Bundan tashqari, hayot uchun xavfli virusdan kasallanganlar soni o‘tgan kecha-kunduzda 7 kishiga ortdi va umumiy hisobda 145 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan ko‘pchiligi Seul tibbiyot muassasalariga tashrifi paytida kasallanganlar.
Janubiy Koreyada ushbu virus bilan kasallanish ilk holati 20 may kuni qayd qilingan edi. Virus Yaqin Sharq davlatidan safardan qaytgan Janubiy Koreya fuqarosi tomonidan olib kirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish