10:09 / 14.06.2015
1955

JCh-2015 (U-20) yarimfinaliga Mali va Braziliya terma jamoalari yo‘l olishdi

Yoshlar o‘rtasida (U-20) 2015 yilgi jahon chempionati nimchorak finali bahsida Mali Germaniya ustidan penaltilar bo‘yicha 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha taymlarda darvozalar daxlsiz qoldi va o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi.
Braziliya va Portugaliya o‘rtasidagi yana bir nimchorak finalida ham o‘yin taqdiri o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Braziliya hisobiga hal bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida hech qaysi jamoa to‘p kirita olmadi.

Shu tariqa, Mali va Braziliya terma jamoalari chempionatning yarimfinal bosqichiga yo‘l olgan ilk jamoalar bo‘ldilar.

Yarimfinalga qolgan ikki yo‘llanma uchun O‘zbekiston Senegal bilan, AQSh Serbiya bilan kurash olib boradilar.

ChM-2015 (U-20)

1/4 final uchrashuvlari

Mali U-20 – Germaniya U-20 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 4:3
Gollar:
0:1 – 38 Brandt, 1:1 – 58 Kulibali.

Braziliya U-20 – Portugaliya U-20 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:1

Top