11:26 / 14.06.2015
2628

Levandovski Yevropa chempionatlari saralash bosqichlarida eng tez urilgan xet-triklar borasida ikkinchi natijani qayd qildi

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Yevro-2016 chempionati saralash bosqichida Gruziya terma jamoasi bilan uchrashuvda raqib darvozasiga 4 daqiqa ichida 3 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yin polshaliklarning foydasiga 4:0 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa, 26 yoshli hujumchi Yevropa chempionatlari saralash bosqichlarida eng tez urilgan xet-triklar borasida ikkinchi natijani qayd qildi.

Bu borada eng yuqori natija Turkiya termasining sobiq hujumchisi Orif Erdemga tegishli bo‘lib, u 1999 yilda Shimoliy Irlandiyaga qarshi uchrashuvda irlandlar larvozasiga 3 daqiqa ichida 3 ta to‘p urishga muvaffaq bo‘lgan.

Uels termasining sobiq hujumchisi Ian Edvards 1978 yilda Malta termasi darvozasiga 5 daqiqa davomida 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lib, bu borada 3-natijani egallab turibdi. Hujumchi ushbu o‘yinda pokerga erishgan.

Top