Sport | 11:40 / 14.06.2015
5296
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar futbol jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatining nimchorak finalida Senegal termasiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvdagi yagona to‘pni 77 daqiqada senegalliklar hujumchisi Mamadi Tyam kiritdi.

O‘zbekiston U20 - Senegal U20 0:1
Gol: Mamadi Tiam, 77
O‘zbekiston U20: Hamroyev, Ashurmatov, Abdullayev, G‘iyosov, Komilov, Hamrobekov, Sohibov, Shukurov, Tursunov, Shomurodov, O‘rinboyev.
Senegal U20: Ibrohim Say, Muhammad Sane, Elimane Sisse, Sidyi Sarr, Alhassan Silla, Mussa Kone, Mussa Vague, Rojyer Gomis, Alassan Sov, Mamadu Tiam, Remi Nassalan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish