Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax keyingi haftada O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi.
Tomas Bax 12 iyun kuni Bokuga Yevroo‘yinlar ochilish marosimiga tashrif buyurdi. Bax Bokuda ikki kun davomida ba'zi musobaqalarni kuzatgandan keyin, 14 iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlariga bir haftalik tashrif uyushtirish maqsadida Bokuni tark etadi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining aloqalar bo‘yicha direktori Mark Adamsning aytishicha, Bax O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbariyatlari va Olimpiya qo‘mitalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.