Jahon | 00:01 / 14.06.2015
5373
1 daqiqa o‘qiladi

Xillari Klinton AQShni Rossiya, Eron va IShIDdan himoya qilishga va'da berdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQShni “an'anaviy xavflardan” himoya qilishga barcha imkoni bor ishni qilishga va'da berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“AQShdan boshqa dunyoda hech qaysi bir davlat XXI asrda gullab-yashnash uchun yaxshiroq imkonlarga ega emas. Hech qaysi bir davlat Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron kabi davlatlardan solinuvchi an'anaviy xavflar va Xitoy kabi yangi kuchlarni eplay oladigan darajada yaxshiroq jihozlanmagan. Hech qaysi boshqa davlat kiberhujumlar va IShIDning transsmilliy terrorchilik tarmoqlaridan solinayotgan xavfning oshishiga javob berish uchun yaxshiroq tayyorlanmagan”, deb aytdi Klinton.

“Sizning prezidentingiz sifatida AQShning xavfsizligi uchun barcha imkoni bor narsalarni amalga oshiraman”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Klinton.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish