Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 iyun kuni xalqaro blogerlar kuni nishonlandi
14 iyun kuni xalqaro blogerlar kuni nishonlanadi. Mazkur kunni nishonlash g‘oyasi 2004 yilda 40ta davlatning 500dan ortiq blogerlari mazkur g‘oyani ilgari surishgan va har yili internet jamoatchiligi mazkur kunni bayram sifatida nishonlaydi.
Shu bilan birga 31 avgust kuni xalqaro blog kuni (Blog Day) sifatida o‘tkaziladi. Mazkur kunda har bir bloger o‘z sahifasida hech bo‘lmaganda besh nafar boshqa blogerdan havolalar keltirib o‘tadi.
Mazkur kunga bag‘ishlab «Jahon» axborot agentligi maqola chop etdi. Maqolada O‘zbekistonda so‘nggi yillarda blogerlik sohasiga berilayotgan e'tibor, uning rivojlanishi, 2014 yilga kelib blogerlikning qonun bilan tasdiqlab qo‘yilishi va yaqinda bo‘lib o‘tgan blogerlar chempionati yakunlari haqida so‘z borgan.