09:10 / 15.06.2015
4740

AQSh: "IShID" axborot kurashida g‘alaba qilmoqda

AQSh boshchiligidagi aksilterrorchi koalitsiya "IShID"ning internetda olib borayotgan targ‘ibotiga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmayapti. Bu boradagi rasmiy ma'lumotlar The New York Times gazetasida chop etildi.

AQSh davlat kotibining diplomatiya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Richard Stengel tomonidan koalitsiyada ishtirok etayotgan davlatlarning Parijda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidan so‘ng tayyorlangan hisobotda aytilishicha, koalitsiya ichki va tashqi kommunikatsiyani qo‘llab-quvvatlashning uddasidan chiqa olmayapti. Hisobot AQSh davlat kotibi Jon Kerri uchun tayyorlangan bo‘lib, jurnalistlar qo‘liga tasodifan tushib qolgan.

Ta'kidlanishicha, axborot kurashini yuritish uchun AQSh, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni vakillaridan iborat xabarlar bilan ishlash guruhi tashkil etilgan. Ammo ushbu guruh xodimlari hozircha yagona jamoa bo‘lib ishlay olmayapti.

“Tashqi kommunikatsiyaga kelsak, voqealarga o‘z nazarimizni yetkazishda biz "IShID"dan yengilmoqdamiz, – deyilada hujjatda. – Biz faqat javob berish haqida o‘ylaymiz, voqealarni o‘z nuqtai nazarimizdan yoritishni o‘ylamaymiz. Shu bois guruhni isloh qilish kerak. U 20 kishidan iborat bo‘lsin va Iroqda ishlasin. Bu oddiy yechimga o‘xshaydi lekin yuzlab sabablar borligidan buni amalga oshirish ancha qiyin”.

Top