Jahon | 14:35 / 15.06.2015
2081
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Xitoy ko‘p yildan beri ilk bor harbiy sohada hamkorlik qilish haqida hujjat imzoladi

AQSh va Xitoy ko‘p yildan beri ilk bor harbiy sohada hamkorlik kilish va suhbatlashuv mexanizmi haqida hujjat imzoladi. Tahlilchilarning fikricha, bu holat ikki davlat o‘zaro aloqalarida katta siljish bo‘ldi.
“Bu ko‘p yildan beri ilk bor AQSh va Xitoy armiyalari o‘rtasida imzolagan harbiy sohadagi hamkorlik haqidagi hujjat bo‘ldi”, deb ma'lum qildi China Daily nashri.
Xitoy Mudofaa vazirligining aytishicha, AQSh vaXitoy keyingi yilda birgalikda quruqlikdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Biroq, Pekin hali ham Vashingtonni “Xitoyning hududiy yaxlitligi bilan bog‘liq so‘zlarda va xatti-harakatlarda ehtiyot bo‘lishga” chaqirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish