Jahon | 06:43 / 15.06.2015
2442
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev surati aks etgan markalar chiqariladi

BAAda Qozog‘iston prezident Nursulton Nazarboyev surati aks etgan pochta markalari chiqara boshlanadi, deb xabar bermoqda Kursiv.kz portali.

“Birlashgan Arab Amirliklari pochta operatori Emirates Post va “Kazpochta” AJ ikki do‘stona davlat rahbarlari – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va BAA prezidenti shayx Xalifa ibn Zoxid Al-Nahayaniyga bag‘ishlangan pochta markalarini birgalikda chiqarish haqida qaror qabul qildi”, deyilmoqda xabarda.

Pochta markalarini namoyish qilish va memorandum imzolash tantanali marosimi 9 iyunda Dubayda bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish