Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada "Uzbekistan Profile" nomli yangi oylik axborot byulleteni nashrdan chiqa boshladi
O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasi tomonidan Belgiyada "Uzbekistan Profile" nomli yangi oylik axborot byulleteni nashrdan chiqa boshladi. Ushbu nashrda O‘zbekistonning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi haqidagi xabar-maqolalar muntazam ravishda yevropalik o‘quvchilarning e'tiboriga havola qilinadi.
Ingliz tilida chiqa boshlagan "Uzbekistan Profile" Yevropaning siyosiy, ishbilarmon, ekspert va jamoatchilik doiralari, Yevropa Ittifoqi institutlari, Yevroparlament, NATO vakillari hamda Bryusselda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa xalqaro tashkilotlar o‘rtasida tarqatiladi.