22:05 / 15.06.2015
5489

Blatter o‘z lavozimini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan shart aytildi

Agar Yozef Blatter o‘ziga munosib o‘rinbosar topa olmasa, FIFA prezidenti lavozimida qolishi mumin. Bu haqda SkyNews nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Afrika va Osiyo futbol uyushmalari 79 yoshli Blatterning o‘z lavozimida qolishini so‘ragan edi.

Hozirda Blatter FIFA prezidenti vazifasini bajarmoqda. Blatter o‘z lavozimiga qayta saylangandan 4 kun o‘tib lavozimidan ketayotgan chog‘ida FIFA ijroiya qo‘mitasini o‘z izdoshini saylash uchun FIFAning navbatdan tashqari konressini o‘tkazishini so‘ragan edi. Kongress 2015 yilning 16 dekabrida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Top