Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik shifokorlar o‘zbekistonlik bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi
2015 yilning 18-25 iyun kunlari xalqaro Friedensdorf International tashkiloti delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, ular tibbiy yordamga muhtoj bolalarni ko‘rikdan o‘tkazib, ulardan bir qismini davolash uchun Germaniyaga olib ketishadi.
Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiy ko‘riklar 19-20 iyun kunlari “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining tibbiyot-ijtimoiy markazida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlaridagi tadbirlar 21 iyunga mo‘ljallangan bo‘lib, Buxoro shahridagi tibbiy markazda bo‘lib o‘tadi. Nihoyat, qashqadaryolik va surxondaryolik bolalar 22 iyun kuni Qarshidagi tibbiy markazda, samarqandlik bolalar esa 23 iyun kuni viloyat bolalar tibbiy markazida o‘tkaziladi. 24 iyun kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatidagi tibbiy yordamga muhtodj bolalar ko‘rigi Jizzax shahridagi tibbiy markazda olib boriladi.
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, Friedensdorf International xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda bemor bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish borasida qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Ular orasida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoki kam ta'minlangan oilalarning farzandlari ko‘pchilikni tashkil qiladi.