Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:27 / 15.06.2015
1882
1 daqiqa o‘qiladi
Gruziyada toshqin qurbonlari xotirasi uchun motam kuni e'lon qilinadi
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 15 iyun kuni Gruziyada toshqin qurbonlarini xotirlab motam kuni e'lon qilinishini ma'lum qildi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar bermoqda.
“Afsuski, qurbonlar bor. Bu katta fojia bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Gruziya hukumati 5 iyunni motam kuni deb e'lon qilinishi haqida buyruq berdi”, deb aytdi Garibashvili.
Ayni paytda 12 kishi halok bo‘lgani, o‘nlab oilalar boshpanasiz qolgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish