21:32 / 15.06.2015
2679

Italiyalik oshpazlar dunyodagi eng uzun pitssani tayyorlashdi

Italiyalik oshpazlar dunyodagi eng uzun pitssani tayyorlashdi, deb xabar bermoqda The Local.it. Taom Rende shahrida 16 soat davomida tayyorlandi. Pitstsaning uzunligi 1,2 km ni tashkil etdi.

Pitstsani pishirish uchun maxsus pechdan foydalanildi. Pitstsaning bir qismi tayyor bo‘lganda uni stolga chiqarib qo‘yishdi va keyingi pishmagan qismini pechga kiritishib, shu tariqa qism-qismlab pishirishdi. Rekord natijani kuzatish uchun 60 mingga yaqin odam keldi. Ulardan ba'zilari oshpazlarga yordamlashishdi.

Bu boradagi avvalgi rekord ispaniyalik oshpazlarga tegishli edi: 2011 yilda ular 1,14 km lik pitssa tayyorlashgan. Italiyalik oshpazlar nafaqat rekord o‘rnatishdi, balki Rendelik nogironlar va keksalar uchun avtobusga pul yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi.

Top