Jahon | 08:55 / 15.06.2015
1941
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeb Bush AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etishini ma'lum qiladi

Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush 15 iyun kuni AQSh prezidentligi uchun saylovga o‘z nomzodini ko‘rsatishini rasman ma'lum qiladi.

U o‘zining tvitteri orqali saylovoldi kampaniyasi logotipini namoyish qilgan.

CNN telekanaliga bergan intervyusida u o‘zidagi yetakchilik xususiyatlari saylovoldi kampaniyasida ish berishiga ishonishi haqida gapirgan.

Qayd etish joizki, respublikachi Jyeb Bush 2016 yilning noyabrida o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bu AQSh tarixida bir oilaning 3 vakili mamlakatda prezidentlik qilishi bilan bog‘liq yagona holatga aylanadi.

Kichik Jorj Bushning ukasi Jyeb Bush 1953 yilda Texasda tug‘ilgan. 1980—1990 yillarda u Florida shtatida siyosiy karerasini olib borgan. 1999 yilda shtat gubernatoriga aylanib, 2007 yilgacha ushbu lavozimda ishlagan.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish