21:39 / 15.06.2015
2717

Katta yuk mashinasi bilan to‘qnashuvda omon qolgan xitoylikni to‘sinlar bosib qoldi

Xitoyning janubi-sharqiy Chjetszyan provinsiyasida yashovchi qariya to‘sin olib ketayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuvda tirik qoldi, biroq sal o‘tmay undan tushib ketgan to‘sinlar ostida qolib halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sina portali.

Portalning ma'lumotlariga ko‘ra, Tszinxua shahrida yuk mashinasi katta tezlikda svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga e'tibor bermay chorrahaga chiqib ketib, keksa odam haydab ketayotgan skuterni turtib yuborgan. Zarbadan keksa haydovchi skuteri o‘rindig‘idan otilib chiqib ketgan va hech qanday jarohat olmagan. Biroq yuk mashinasi to‘nkarilib, undagi to‘sinlar yo‘lning qatnov qismiga to‘kilib ketgan va qariya o‘rnidan turayotgan paytda uni bosib qolgan.

Yaqin atrofdagi odamlarning qariyaning hayotini saqlab qolishga urinishlari zoye ketdi: ular qariyani to‘sinlar uyumi ostidan 2 soatdan keyin topishdi.

Ayni paytda politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Yuk mashinasi haydovchisining aytishicha, u to‘qnashuvdan biroz oldin mashina boshqaruvini yo‘qotgan.

Top