20:52 / 15.06.2015
1886

Klichko va Fyuri jangi "Stemford Brij"da o‘tkazilmasligi aniq bo‘ldi

Super og‘ir vazn toifasining WBA/WBO/IBF/IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-3, 53 KO) va britaniyalik Tayson Fyuri (24-0, 18 KO) o‘rtasidagi bo‘lishi kutilayotgan jang "Chelsi" jamoasining stadionida o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Jang shu yilning oktabr oyida tashkil etiladi, biroq "aristokratlar" rahbariyati mavsum davomida o‘z futbol maydonida jang o‘tkazishga rozilik bermagan.

"Bu vaqtda Angliyada futbol va regbi bo‘yicha JCh mavsumi bo‘lgani uchun maydon topish qiyin", deydi Fyurining promouteri Mik Xennesi.

Mazkur jang yuzasidan tomonlar bir to‘xtamga kela olmaganligi sababli promouterlik savdolari ketmoqda va bu boradagi xabarlar yaqin vaqtlar ichida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Top