Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt sobiq bosh vaziri O‘zbekiston dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shganini ta'kidladi
Kuvayt sobiq bosh vaziri shayx Nosir al-Muhammad al-Ahmad as-Saboh «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusi chog‘ida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlari istiqbollari hamda o‘zbek xalqining boy madaniy va ma'naviy merosi haqida o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi.
«Avvalo Prezident Islom Karimovni Davlat rahbari lavozimiga qayta saylangani Kuvaytda katta mamnuniyat bilan qarshi olinganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. O‘zbek xalqi odilona qaror qabul qilgani holda mamlakatning porloq kelajagi, tinchlik va barqarorlik uchun ovoz berdi».
«Yurtingizda amalga oshirilayotgan demokratik va ijtmoiy-iqtisodiy islohotlar jamiyatni barqaror va bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda, shuningdek, hududiy muammolarni hal qilishda O‘zbekistonning muhim rolini yaxshi anglaymiz va unga yuksak baho beramiz».
«Mamlakatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona va samimiy munosabatlar turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlanishiga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning ulkan iqtisodiy va sayyohlik salohiyati hamda Kuvaytning sarmoyaviy va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish istiqboli mavjud ekanini e'tirof etmoqchiman».
«Xalqingizning boy tarixiy, madaniy va ma'naviy merosi butun insoniyat uchun ulkan qadriyat hisoblanadi. O‘zbekiston diyori jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan», deya Shayh Nosir al-Muhammad al-Ahmad as-Sabohning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Jahon» axborot agentligi.