Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:01 / 15.06.2015
1748
1 daqiqa o‘qiladi
Medvedev Masimovni tabrikladi va YeIH tarkibidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev telefon orqali qozog‘istonlik hamkasbi Karim Masimov bilan suhbat uyushtirdi.
“Suhbat chog‘ida Rossiya va Qozog‘iston munosabatlarining va hamkorligining Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi formatidagi istiqbollari muhokama qilindi. Dmitriy Medvedev Karim Masimovni 50 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi”, – deyiladi RIA Novosti agentligi tomonidan chop etilgan maqolada.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish