Jahon | 18:20 / 15.06.2015
1324
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo taraqqiyot banki Tojikiston bojxonasiga 11.2 mln dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki Tojikiston Respublikasi bojxona xizmatini zamonaviylashtirishga yordam beradi. Bu haqda Xovar agentligi ma'lum qildi.
“Markaziy Osiyoning chegara xizmatlarini yaxshilash yo‘lidagi mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi” loyihasini amalga oshirish masalalari o‘tgan hafta so‘ngida Dushanbeda muhokama qilindi.
Uchrashuv jarayonida ta'kidlanishicha, loyihaning umumiy qiymati 11.2 mln dollarni tashkil qiladi. U uch bosqichda amalga oshiriladi. Jumladan, Isfara tumanida Guliston nazorat o‘tkazish punkti quriladi, uning uchun yangi asbob-uskuna sotib olinadi. Loyiha 2014-2018 yillar orasida amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish