O‘zbekiston | 12:40 / 15.06.2015
1690
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2019 yilgacha ko‘mir qazib olish 2.5 barobarga ko‘payadi

“O‘zbekko‘mir” kompaniyasi 2018 yilga kelib ko‘mir qazib olishni 11 mln tonnaga yetkazmoqchi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz". 2014 yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 4.3 mln tonnaga teng bo‘lgan edi. 
Bu haqda kompaniya vakillari Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro kooperatsion birjada ma'lum qildi.
Ko‘rsatilgan miqdordagi ko‘mirning ishlab chiqarilishi yoqilg‘i-energetika balansida ko‘mir ulushining 5 foizdan 20 foizga qadar ko‘tarilishiga olib keladi. Buning natijasiga issiqlik elektr stansiyalari yiliga 2 mlrd kubometr gazni tejay boshlaydi.
Qazib olish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish uchun 2015-2018 yillarda umumiy qiymati 560 mln dollarni tashkil qiladigan modernizatsiya dasturi amalga oshiriladi. Xususan, eskirgan jihozlarni yangilashga 232.9 mln dollar, kulrang ko‘mir qazib olishni ko‘paytirishga 106.5 mln dollar, toshko‘mir qazib olishni ko‘paytirishga 101.3 mln dollar sarflanadi. Loyiha kompaniyaning shaxsiy mablag‘lari, shuningdek, xorijiy va mahalliy tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish