19:48 / 15.06.2015
2233

O‘zbekistonda paxtaning 20 xil yangi navi va gibridlari yaratildi

O‘zbekistonlik tadqiqotchilar so‘nggi yillarda g‘o‘za navining 20 xili va gibridlarini yaratishgan. Bu ilmiy yutuqlar haqida O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada ma'lum qilingan.

Shuningdek, konferensiyada o‘zbekistonlik olimlar bug‘doyning yangi 30 navini, yem-hashak uchun ekinlarning 20 turini, kungaboqarning 5 navini, donli va moyli ekinlarning 20 turini, mevali daraxtlarning 25 navini, uzum tokining 10 navini, sabzavot va kartoshkaning 40 turini hamda poliz ekinlarining 15 turini kashf qilishgani aytildi.

O‘z navbatida, naslchilik xo‘jaligida ham ishlar olib borilib, Qorako‘l qo‘ylarining 5 turi va qushlarning 5 turi olingan.

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, mutaxassislar chorvachilikda qo‘llash uchun dori vositalari hamda xo‘jalikning barcha sohalarida qo‘llash uchun jami 40dan ortiq samarador modellar ishlab chiqishgan.

Top